Statistika agentligi ma'lumotlariga ko`ra, 2023-yilning 1-oktyabr' holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 599 764 kishini tashkil etgan.
Shundan ayollar soni – 18 176 873 nafarni, erkaklar soni – 18 422 891 kishini tashkil etgan.
2023-yilning 1-oktyabr' holatiga doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 246 018 nafarga ko`p.
Shuningdek, O`zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o`rtacha 2,1 ming kishiga oshmoqda
Respublikamizning doimiy aholisi soni o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga oshgan.
O`zbekiston aholisi 2023-yil boshidan buyon 574,8 ming kishiga ko`paygan. Bunda joriy yilning har bir oyida o`rtacha 63,9 ming kishiga oshgan bo`lsa, har bir kunida doimiy aholi soni o`rtacha 2,1 ming kishiga ko`paymoqda.