x

O`zbekiston 2023 yilgi «Ayollar tinchligi va xavfsizligi indeksi» (Women Peace and Security Index) hisobotida (.pdf) 177 davlat ichida 94-o`rinni egalladi. 

Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida yomon ko`rsatkichlardan biri. Mintaqada birinchi o`ringa Turkmaniston (umumiy reytingda 58-o`rin) loyiq ko`rilgan. Keyingi o`rinlarni Qozog`iston (70-o`rin), Tojikiston (90-o`rin) va O`zbekistondan keyin Qirg`iziston (95-o`rin) egallagan. 

Dunyo bo`yicha eng yaxshi ko`rsatkichlar Daniya, Shveytsariya va Shvetsiyada qayd etilgan, eng yomoni Afg`oniston, Yaman va Markaziy Afrika Respublikasida. 

WPS reytingini tayyorlashda mualliflar uchta toifaga taqsimlangan 13 ta ko`rsatkich bo`yicha mamlakatlardagi vaziyatni hisobga oladilar:

- inklyuzivlik (ta'lim, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, bandlik, mobil telefondan foydalanish, parlamentdagi ayollar ulushi);

- adolat (huquqiy kamsitishning yo`qligi, odil sudlov imkoniyati, onalar o`limi darajasi, tarafkashlik);

- xavfsizlik (turmushda zo`ravonlikdan himoyalanish, ayollarning jamiyatda o`z xavfsizligini idrok etishi, ayollarga nisbatan siyosiy zo`ravonlik, qurolli to`qnashuvlarga yaqinlik). 

Hisobot uchun ma'lumotlar BMT agentliklari, Jahon banki, Gallup so`rovlari va boshqalar kabi manbalardan to`plangan. 

WPS Index mualliflari ayollar o`zini yaxshi his qilayotgan mamlakatlar odatda gullab-yashnashi, tinchlikparvar, demokratikroq bo`lishi va iqlim o`zgarishi ta'siriga yaxshiroq tayyor bo`lishini ta'kidlaydilar.

To Top ↑
To Top ↑