x

Qirg`izistonda qizamiq bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda. 2023 yil boshidan buyon 3 mingdan ortiq holat qayd etilgan bo`lib, ularning aksariyati 10 yoshgacha bo`lgan bolalardir.

Kasallikning eng yuqori ko`rsatkichlari Bishkek, O`sh shaharlari, O`sh va Chuy viloyatlarida qayd etilgan. Sentyabr oyidan beri Jalolobod viloyatida vaziyat yomonlashmoqda, deb yozadi «24.kg» nashri.

Yil boshidan buyon uchta o`lim qayd etilgan. 1, 3 va 13 yoshli bolalar vafot etgan.

Respublika immunoprofilaktika markazi vafot etganlar emlanmaganini qayd etdi. Markaz ma'lumotlariga ko`ra, kasallanganlarning 85 foizdan ortig`i emlanmagan.

Qirg`izistonda kasallanishning ortishi munosabati bilan qizamiq va qizilchaga qarshi qo`shimcha emlash davom etmoqda.

Qizamiq xavfli va yuqumli virusli kasallik bo`lib, o`limgacha bo`lgan xavfli asoratlarga olib kelishi mumkin.

To Top ↑
To Top ↑