Ijtimoiy tarmoqlarda xususiy bog`chalarning birida tarbiyachi bolalarni urib uxlatishga urinayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Horazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi holat yuzasidan ma'lumot berdi.
Videoda aks etgan holat Horazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ishchi guruhi hamda tegishli vakolatli tashkilot xodimlari hamkorligida o`rganilgan. Voqea Honqa tumanidagi “Adolat Dinora orzulari” nodavlat ta'lim muassasasida sodir bo`lgani aniqlangan.
Tarbiyachi Q.Z. tarbiyalanuvchilarga qo`pol munosabatda bo`lgani va ichki mehnat tartib-qoidalarini qo`pol ravishda buzgani uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.