x

Mahalliy yangiliklar

“Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchilari bo`lgan hindistonlik tadbirkorlar kamida 65 nafar o`zbekistonlik bolaning o`limiga sababchi deya qaralayotgan siropni bemorlarga muntazam ravishda tavsiya qilib kelgan shifokor, hamshira va dorixona xodimlarini rag`batlantirib kelgan. Bu haqda mazkur jinoyat ishi ko`rib chiqilayotgan sudning 23 oktyabr' kuni bo`lib o`tayotgan navbatdagi majlisida so`z bordi.

Navbatdagi sud majlisida ko`rsatma bergan Soliq qo`mitasi vakilining so`ziga ko`ra, ishlab chiqaruvchilar “Dok-1 Maks” siropini bemorlarga tavsiya qilgan va uning ko`proq sotilishiga hissa qo`shgan shifokorlarga 5 milliard 57 million so`mlik rag`bat puli to`lagan. Shifoxonadagi emlash hamshiralariga esa bu xizmati uchun 122 million so`mlik mukofot pullari bergan. “Dok-1 Maks” siropini boshqalarga nisbatan yaxshi va ko`proq sotgan dorixona sotuvchilari va rahbarlarini muokofotlash uchun esa 2 milliard 345 million so`m mablag` ajratgan.

 

Soliqchining qo`shimcha qilishicha, shuningdek “Quramax Medikal” MChJ mas'ullari korxona faoliyatiga hissa qo`shgan xodimlariga konvert usulida 13 milliard so`mlik oylik maosh to`lab bergan

Bu mablag`lar daromad soliqlariga tortilgach, MChJning qo`shimcha 9 milliard 600 million so`mlik soliq qarzdorligi yuzaga kelgan, — dedi soliqchi.

Hindistonlik sudlanuvchi, “Quramax Medikal” MChJ direktori S.R.P. manfaatini himoya qilayotgan advokat Davron Ahmadov soliqchining ma'lumotlarga e'tiroz bildirib, nega shifokorlar o`z vazifasini bajarib, bemorga dori tavsiya qilgani, muolaja uchun dorilar yozib bergani uchun ulardan undirilayotgan daromad soliqlarini aynan “Quramax Medikal” MChJ to`lab berishi kerakligini so`radi. Soliqchi Soliq kodeksiga ko`ra, “Quramax Medikal” MChJ soliq agenti sifatida ko`rilganini, shu sabab shifokorlarga to`langan 5 milliard 57 million so`mlik puldan olinayotgan daromad solig`i aynan MChJdan undirilishini ma'lum qildi.

To Top ↑
To Top ↑