O`zbekistonda so`nggi 9 oyda 716 885 nafar bola tug`ilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2023 yilning yanvar'-sentyabr' oylarida FHDYo organlari tomonidan O`zbekiston Respublikasida 716 885 nafar tirik tug`ilish holatlari qayd etilgan.
Ta'kidlanishicha, bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 5,1 foizga oshgan.
2023 yilning 9 oyida tug`ilganlarning 371 597 nafarini o`g`il bolalar, 345 288 nafarini qiz bolalar tashkil etmoqda.
Ma'lumot o`rnida, O`zbekistonda 1991 yilda kuzatilgan yuqori tug`ilish darajasi 2008-2010 yillarga qadar muntazam ravishda pasayib bordi. Aholining har uchta reproduktivlik ko`rsatkichi 30-40 foiz tushib ketdi. 2011 yildan boshlab tug`ilish darajasi tiklanish va barqaror o`sish tendentsiyasiga o`tdi.