x

O`zbekistonning barcha hududlarida xalq amaliy san'atining o`ziga xos markazlari bo`lib, ular jahon madaniyatiga buyuk badiiy qadriyatlari bilan hissa qo`shgan.

14 yoshli  Ayperi Atayeva gilamdo`zlik san'atiga qiziqishi tufayli 2 yil oldin Horazm viloyati, Tuproqqal'a tumanidagi "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Gilamdo`zlik" to`garagiga qatnasha boshladi.

Ayperining to`qigan gilamlari respublikamizda o`tkazilgan bir necha ijodiy ko`rgazmalarda ishtirok etib, ishtirokchilar olqishiga sabab bo`lgan.

Hozirda gilam to`qishni yaxshi o`zlashtirgani uchun nafaqat respublikamizda, hatto xorijiy mamlakatlarda ham o`zining ijodiy ishlari sotuvini yo`lga qo`yish orqali oilaviy byudjetga hissasini qo`shib kelmoqda.

Ayperining eng oliy maqsadi o`zbek-turkman gilamchiligini rivojlantirib, shu orqali O`zbekistonni butun dunyoga tanitishdan iborat. U allaqachon orzulari yo`lida harakat qilishni boshlab yuborgan.

Ayperi shu kungacha sotgan eng qimmat gilami 200 AQSh dollar bo`lib, hunari ortidan har oylik eng kam daromadi 1 million so`mni tashkil qiladi.

Aziz ota-onalar! Siz ham farzandlaringizni "Barkamol avlod" bolalar maktablari (https://babm.uz/)ga berib, ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga o`z hissangizni qo`shing!

To Top ↑
To Top ↑