x

O`zbekistonda ipoteka kreditlari bo`yicha davlat subsidiyalarini berish yana boshlandi, deya xabar berdi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.

Subsidiya Hukumatning 2020 yil 25 martdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan ijtimoiy mezonlar doirasida uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj, kam ta'minlangan oilalarga beriladi.

Quyidagi toifalardagi 18 yoshdan oshgan fuqarolar subsidiya olish uchun murojaat qilishlari mumkin:

  • qishloqlarda yashovchi, daromadi mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 3 baravaridan (2 mln 940 ming so`m) 6,9 baravarigacha (6 mln 762 ming so`mgacha) bo`lganlar;
  • Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida yashovchi, daromadi MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 940 ming so`m) 8 baravarigacha (7 mln 840 ming so`mgacha) bo`lganlar;
  • Toshkent shahrida yashovchi, daromadi MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 940 ming so`m) 9,2 baravarigacha (9 mln 16 ming so`mgacha) bo`lganlar.

Fuqarolar subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron shaklda murojaat qilishlari mumkin. Ariza ijobiy ko`rib chiqilgandan so`ng, arizachi qurilish (pudratchi) tashkiloti bilan ipoteka kreditidan foydalangan holda uy-joy sotib olish to`g`risida shartnoma tuzadi.

Subsidiya bitta oilaga faqat bir marta beriladi.

To Top ↑
To Top ↑