x

Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 3-sonli bolalar shifoxonasida shifokorlarning layoqatsizligi sababli bemor vafot etgani, muassasada tibbiy jihozlar va dori-darmonlar etarli emasligiga xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, ushbu voqea joriy yilning yanvar' oyida yuz bergan bo`lib, huquq-tartibot idoralari tomonidan o`rganilib, uning natijasi bo`yicha javobgarlarga nisbatan tegishli choralar ko`rilgan. Shahar 3-son bolalar klinik shifoxonasi moddiy-texnik bazasi bosqichma-bosqich yangilanmoqda. Hususan, 2017 yil Yaponiya granti asosida bolalar jonlantirish bo`limi 11 turdagi tibbiy jihozlar bilan ta'minlangan.

O`z navbatida, Hitoy, Turkiya davlatlari grantlari hamda “Salomatlik-3” loyihasi asosida kuvezlar, IVL apparatlari, bemorlar uchun funsional va bolalar krovatlari, ingalyatorlar, bioximik va gematologik analizatorlar, tsentrefuga, mikroskop, avtoklav, qurutuvchi shkaf, distilyator, bidistilyator, dozatorlar, EKG va EYEG apparatlari keltirib o`rnatilgan. 

2020 yilda fizioterapiya bo`limi 11 turdagi fizioterapevtik apparaturalar  bilan jihozlangan. O`z navbatida raqamli rentgen, dopler – UTT apparatlari, koagulograf, yarim avtomat bioximik analizator xarid qilingan. 

Shuningdek, shifoxonada 2023 yil uchun dori-darmon xaridiga  2 mlrd 101 million so`mdan ziyod mablag` ajratilgan. Bu 2017 yilga nisbatan 3 barobar yuqori ko`rsatkich. 2022 yil yanvar' oyida muassasaning “V” binosi jihozlangan holda  foydalanishga topshirilib, bemorlarga qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Yordamchi  binoda qurilish-ta'mirlash va rekonstruktsiya ishlari olib borilmoqda.

To Top ↑
To Top ↑