x

Angliya maktablarida mobil' telefonlardan foydalanishni taqiqlash masalasi ko`rib chiqilmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya ta'lim vazirligi bayonotida ma'lum qilindi.

Unga ko`ra, Qirollik Ta'lim vaziri Jillian Kigan Angliya maktablarida mobil' qurilmalarni ishlatishni cheklashni maslahat bergan.

“Ushbu chora-tadbirlar buzg`unchi xulq-atvor va onlayn bezorilikka qarshi kurashishga hissa qo`shadi. Shuningdek, o`quvchilarning darsga bo`lgan e'tiborini oshiradi”, deyilgan Ta'lim vazirligi bayonotida.

Vazir kun davomida, hatto tanaffus paytida ham mobil' telefonlarni ishlatmaslikni tavsiya etadi.

Agar maktablarda ushbu talablar to`liq kuchga kirmasa, hukumat kelgusi yilda majburiy qonunchilik aktini qabul qilishga majbur bo`ladi.

Ma'lumot o`rnida, Frantsiya, Italiya va Portugaliya maktablarida allaqachon dars paytida qo`l telefonlaridan foydalanish mumkin emas. Avvalroq BMT ham o`quv muassasalarida smartfonlarni ishlatish xavfidan ogohlantirgan edi.

Britaniya hukumatining bildirishicha, Angliyadagi maktab o`quvchilarining taxminan uchdan bir qismi – 29 foizi dars paytida smartfonlarini o`ynab o`tirishi aniqlangan.

To Top ↑
To Top ↑