x

Tailand politsiyasiga Bangkokdagi Siam Paragon savdo markazida otishma bo`lgani haqida xabar kelib tushdi. Kamida uch kishi halok bo`ldi, yana etti kishi yaralandi.

“Reuters” agentligi favqulodda xizmatlarga tayanib bergan ma'lumotlarga ko`ra, otishma sodir etgan shaxs 14 yoshda bo`lgan. Politsiya otishmani amalga oshirgan shaxsni qarshiliksiz hibsga olganini ma'lum qildi. 

“Thai PBS” telekanalining bildirishicha, binoda bir nechta otishmalar eshitilgan va voqeaning mahalliy vaqt bilan soat 16:20 da sodir bo`lgan. 

“Khaosod” gazetasining xabar berishicha, bosh vazir Settxa Txavisin voqea joyiga yo`l olgan. 

Nashr, shuningdek, odamlarning binodan yugurib chiqib ketayotgani aks etgan kadrlarni ham tarqatdi. “The Nation” esa qurollangan bolaning suratini chop etdi. 

To Top ↑
To Top ↑