x

Qozog`iston poytaxti Olmaotadagi turar-joy majmuasida plastik qoplamali tom ustiga chiqqan bola yiqilib vafot etdi. Bu haqda “Tengri Nevs” xabar berdi

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 30 sentyabr' kuni 2017 yilda Atirau sharida tug`ilgan bola Olmaota turar-joy majmuasidagi plastik qoplamali tom ustiga chiqqan. Quyosh nuri va sovuq ta'siridan allaqachon sifatini yo`qotgan qoplama bolaning og`irligini ko`tara olmay sinib ketgan va 6 yoshli bola yiqilib, voqea joyida vafot etgan. 

Hozirda Olmaota politsiyasi va Bo`stondiq tumani IIB mazkur hodisa yuzasidan mamlakat Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi (Voyaga etmaganlarni tarbiyalash bo`yicha majburiyatlarni bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atib, tergov harakatlarini davom ettirmoqda. 

To Top ↑
To Top ↑