Majburiy ijro byurosining Kattaqo`rg`on shahar bo`limi ish yurituvida bo`lgan sud buyrug`iga asosan qarzdor B.O.dan undiruvchi I.M. foydasiga voyaga etmagan farzandi uchun aliment undirish belgilangan.
Otaning qarzdorligi 8 mln. so`mdan ko`p bo`lsa-da, lekin to`lovni amalga oshirmagan. Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdorga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 47-(4)-moddasiga asosan ma'muriy ish qo`zg`atilib, jinoyat ishlari bo`yicha Kattaqo`rg`on shahar sudining 2023 yil 27 sentyabrdagi qaroriga asosan 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.