x

2023 yilning yanvar'-avgust holatiga O`zbekistonda 16 yoshgacha bolalari mavjud bo`lgan uy xo`jaliklari 74,4 foizni tashkil etgan bo`lsa, shundan – bir bolali oilalar 21,5 foiz, ikki bolali oilalar 27 foiz, uch bolali oilalar 17,9 foiz hamda to`rt va undan ko`p bolali oilalar ulashi 8 foizni tashkil qiladi.

Statistika agentligi uy xo`jaliklari tanlama kuzatuvlari ma'lumotlariga ko`ra, hisobot davrida Toshkent viloyatida 2 nafar bolali uy xo`jaliklar katta ulushni tashkil etgan.

Jumladan, viloyatda 16 yoshgacha bolali uy xo`jaliklari 73,8 foizni va shundan ikki bolali uy xo`jaliklar ulushi 23,9 foizni tashkil etadi.

Kuzatuv natijalariga ko`ra, viloyat bo`yicha 26,2 foiz uy xo`jaliklarida 16 yoshgacha bo`lgan  bolalar mavjud emas.   

To Top ↑
To Top ↑