x

Bugun, Prezident yordamchisi Saida Mirziyoeva davlat rahbarining topshirig`i bilan Namanganda zaharlangan bolalar holidan xabar olish uchun bordi.⠀

«Shifoxonaga bordik, bolajonlar holidan xabar oldik. Ularning kayfiyati yaxshi, hammalari asta-sekin tuzalishmoqda, ko`pchiligi sog`aygani uchun uyiga - oilasi bag`riga qaytarilgan.

Biz bolalarning ota-onalari bilan ham suhbatlashdik, ularning tashvishiga sherik ekanimizni bildirdik», – deb yozdi Mirziyoeva.

Shuningdek, bog`cha tarbiyalanuvchilari bilan sodir bo`lgan holat yuzasidan sog`liqni saqlash, SES, ta'lim, prokuratura va boshqa tegishli soha mutasaddilari bilan yig`ilish o`tkazilgan va holat bo`yicha tekshiruvning borishi muhokama qilingan.

Ta'kidlanishicha, o`rganish ishlari davom etmoqda, jarayon nazoratga olingan. Hozirda mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, ish Namangan viloyat prokuraturasidan Bosh prokuraturaga o`tkazilgan.

To Top ↑
To Top ↑