x

Maktab va bog`chalarga tarqatilgan yod preparati iste'moli to`xtatildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi "Ko`rsatma xati" e'lon qilindi.

Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Elmira Bositxonova tomonidan imzolangan xaatda keltirilishicha, joriy yilning 21 sentyabr' kuni Chust tumanidagi 23-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotining ayrim tarbiyalanuvchilari orasida tana haroratining ko`tarilishi, qusish, qorin og`rig`i alomatlari kuzatilgan. 

“Bo`lim mutasaddilari voqea joyiga etib borgan va dastlabki shikoyat bo`yicha 5 nafar bola shifoxonaga olib kelinganligi, keyinchalik shikoyat qiluvchilar soni ortib borganligi, shunga ko`ra, 23-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotidan 35 nafar, 51-bog`chadan 20 nafar, 18-bog`chadan 5 nafar, 36-bog`chadan 3 nafar, 7-sonli o`rta ta'lim maktabidan 1 nafar, 43-bog`chadan 1 nafar, 21-o`rta ta'lim maktabidan 1 nafar, 30-bog`chadan 2 nafar, 34 va 35-bog`chadan 1 hamda oilaviy bog`chadan 1 bola jami, 71 nafar bolaning sog`lig`idan shikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan shifoxonaga yotqizilganligi buni sababi qilib "Kaliy vodid 1 mg (0, 001g) tabletka №100 (Antistrumin)" dori vositasini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 iyuldagi “Aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-5198-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Sog`liqni saqlash vazirligi xarid komissiyasi yig`ilishining 4-sonli bayonnomasiga asosan tarqatilgan dori vositasini sabab qilib ko`rsatilgan. 

Yuqoridagilarga asosan Sog`liqni saqlash vazirligi barcha Qoraqalpog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar Sog`liqni saqlash boshqarmalari "Kaliy yodid 1 mg (0, 001g) tabletka №100 (Antistrumin)" dori vositasini taqdiri hal bo`lgunga qadar, ya'ni laborator xulosalar chiqgunga qadar taqsimot qilingan ushbu dori vositalariniste'molini zudlik bilan vaqtincha to`xtatishingizni hamda taqsimot qilingan hudularga ham bu haqida tegishli topshiriqlar berishingizni so`raydi”, deyiladi ko`rsatmada.

Ma'lumot uchun, kecha, 21 sentyabr' kuni Chust tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ayrim tarbiyalanuvchilari orasida tana haroratining ko`tarilishi, qusish, qorin og`rig`i alomatlari kuzatilgan. 71 nafar bolaning sog`lig`idan shikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko`rilgan tezkor chora-tadbirlar tufayli bolalarning 9 nafari sog`lomlashtirilib, uyiga qaytarilgan.

Eslatib o`tamiz, oldinroq mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotganini ma'lum qilgandi.

To Top ↑
To Top ↑