5 iyul' kuni Shavkat Mirziyoev toshkentlik saylovchilar bilan saylovoldi uchrashuvida “ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo`yicha ishlarni yakuniga etkazishimiz zarur” deya ta'kidlagan edi.
Ayni daqiqalarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetida "Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bag`ishlangan respublika ilmiy-nazariy konferentsiya" bo`lib o`tmoqda.
Konferentsiyada taklif sifatida Ishchi guruh tomonidan 28 ta harf, 1 ta harflar birikmasi va tutuq belgisidan tarkib topgan takomillashtirilgan alifbo loyihasi e'lon qilindi. Bu haqda O`zA muxbiri xabar bermoqda.
Bunda quyidagi 4 ta harf shaklini biroz o`zgartirish taklif etilmoqda:
O` => Õ õ
G` => Ğ ğ
Ch => S s
Sh => Ş ş
Konferentsiya ishi davom etmoqda.