Tarmoqlarda Namangan viloyatining Chust tumanidagi bolalar bog`chalarida tarbiyalanuvchi bolalarning ommaviy zaharlanishi ortidan sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Elmira Bositxonova ishdan olingani haqida xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan Sog`liqni saqlash vaziriligi axborot xizmati rahbari Furqat Sanayev izoh berdi.
“Elmira Bositxonova ayni paytda Namangan viloyatida. Bunday ma'lumotni eshitmadim”, – deya javob berdi Furqat Sanayev.
Elmira Bositxonova vazir o`rinbosari sifatida onalik va bolalikni muhofaza qilish va murojaatlar bilan ishlash sektoriga mas'ul hisoblanadi. U 2020 yildan buyon sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.