x

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida o`quvchilar paxta terimiga jalb qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mazkur xabarlarga aniqlik kiritdi.

Unga ko`ra, xabar yuzasidan Qashqadaryo viloyati Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspektsiyasi  7, 38, 48 va 54-maktablarda monitoring tarzida tekshirish o`tkazdi. Natijada fotosuratlarda ko`rsatilgan maktab Qarshi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo`limiga qarashli emasligi, bunday ko`rinishdagi maktab tumanda mavjud emasligi, suratlarda aks ettirilgan voyaga etmagan maktab o`quvchisi yuqorida keltirilgan ta'lim maskanlarida o`qimasligi aniqlandi.

Shu boisdan ushbu postdagi keltirilgan holatlar o`z tasdig`ini topmagan. Tumandagi maktab mas'ullariga paxta mavsumi davomida majburiy tarzda xodimlarni va maktab o`quvchilarini paxta terimiga jalb qilmaslik va o`quvchilarning ota-onalari bilan bu borada tushuntirish ishlari olib borish yuzasidan ko`rsatmalar berildi.

 

 

To Top ↑
To Top ↑