2023 yil noyabriga qadar Vazirlar Mahkamasining «Yoshlar daftari»ga kiritilgan talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to`lanadigan stajirovka tizimini joriy etish to`g`risida»gi qarori loyihasi ishlab chiqiladi.
«O`zbekiston – 2030» strategiyasini 2023 yilda sifatli va o`zi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risidagi» prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko`ra, 2023 yil noyabriga qadar Vazirlar Mahkamasining «Yoshlar daftari»ga kiritilgan talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to`lanadigan stajirovka tizimini joriy etish to`g`risida»gi qarori loyihasi ishlab chiqish vazifasi belgilandi.
Mazkur qarorda quyidagilar nazarda tutiladi:
«Yoshlar daftari»ga kiritilgan talaba yoshlarning davlat tashkilotlarida amaliyot o`tagan vaqtida subsidiya ajratish;
amaliyotni davlat oliy ta'lim muassasalarining o`quv rejalariga muvofiq amaliyotni o`tash dasturi asosida amalga oshirish;
davlat oliy ta'lim muassasalari bilan birgalikda bitiruvchilarning amaliyot davridan keyin ish o`rinlariga joylashishlariga ko`maklashish.