x

Bolalar milliy tibbiyot markazi to`liq zamonaviy tibbiy jihozlar bilan, jumladan, magnit rezonans tomografiya, mul'tispiral komp'yuter tomografiya, DNK analizatori hamda onkologik kasalliklarni bir necha yil avval aniqlaydigan eng so`nggi texnologiyalar bilan jihozlangan.

 Jarrohlik uskunalariga maxsus kamera o`rnatilgan bo`lib, boshqa shifoxonalar mutaxassislari va oliy ta'lim muassasalari talabalari operatsiyalarni onlayn tarzda kuzatib borishi, zamonaviy texnologiyalar orqali masofaviy tibbiy ko`riklar hamda konsiliumlar tashkil etish imkoni yaratilgan.

Ushbu texnologiyalar asosida 2022 yil 1000 ga yaqin, joriy yilning o`tgan davri mobaynida 1200 ta kardiojarrohlik amaliyoti o`tkazildi.

 Qashqadaryo va Jizzax viloyat ko`p tarmoqli bolalar shifoxonalari tarkibida markaz filiali sifatida bolalar kardioxirurgiya bo`limlari tashkil qilinib, shu yil 20 dan ortiq bemorda kardiojarrohlik operatsiyalari bajarildi.

 Joriy yil chet davlatlar bilan o`rnatilgan o`zaro aloqalar natijasida markazning urologik va plastik xirurglardan iborat mutaxassislarining malaka oshirishi yo`lga qo`yildi. 

 Jumladan, Tojikiston, Qirg`iziston, Qozog`iston va Rossiya davlatlarida markaz xirurglari tomonidan hamkorlikdagi jarrohlik amaliyotlari o`tkazildi. 

 Shuningdek, ushbu mamlakatlardan kelgan mutaxassislar ushbu muassasada tajriba almashib bormoqda.

To Top ↑
To Top ↑