x

2022-yil 31-avgustdagi 213-sonli Prezident farmoni bilan Qoraqalpog`iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o`rta, o`rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun davlat granti asosida qo`shimcha 3 mingta kvota, shuningdek to`lov-kontrakt asosida qo`shimcha 6 ming 500 ta kvota ajratilishi belgilangan edi.

Joriy yilgi o`quv yili uchun ushbu kvotalar taqsimoti oxiriga etkazildi.

Bunda eng avvalo Qoraqalpog`iston hududlari hamda yo`nalishlar kesimidagi mavjud ehtiyojga asosan to`plagan balining yuqoriligi bo`yicha ketma-ketlikda 3 mingta grant o`rinlari ajratib olindi. Ya'ni yuqori ball bilan kontraktga kirgan yoki yuqori ball bilan o`qishdan yiqilgan abituriyentlar grantga o`tkazildi.

Shundan so`ng, o`qishdan yiqilgan 6 ming 500 nafar abituriyent to`plagan balining ketma-ketligi bo`yicha to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilindi.

Davlat grantiga o`tkazilgan hamda to`lov-kontraktga kirgan abituriyentlar ro`yxati tegishli OTMlarga yuborildi.

To Top ↑
To Top ↑