Ijtimoiy tarmoqlarda ko`pqavatli uyning tom qismida maktab o`quvchilari yurganligi haqida xabar tarqaldi.
Toshkent shahar Chilonzor tuman hokimligi bergan rasmiy munosabatga ko`ra, tumandagi «2-Charx Kamolon» mahallasidagi ko`pqavatli uylardan birining tom qismiga chiqqan 2 nafar maktab o`quvchisining shaxsi aniqlangan.
Rasmiy munosabatda aytilishicha, 128-maktabning 9 «A»-sinf o`quvchilari S.M va M.I lar atrofni tomosha qilish maqsadida ko`pqavatli uyning tom qismiga chiqishgan.
Tuman hokimligida bo`lib o`tgan tarbiyaviy tadbirda o`quvchilar hamda ularning ota-onalari, shuningdek mas'ullar ishtirok etishdi. Unda o`quvchilar yuqoridagi holatdan afsusda ekanliklarini bildirib, kechirim so`rashdi.
Ularning ota-onalar ham bolalarni bundan keyin qattiq nazorat ostiga olishlarini bildirgan.
Maktab ma'muriyati va tuman Bolalarni himoya qilish sho`'basi mutasaddilariga o`quvchilarga nisbatan qonun doirasida tegishli chora ko`rish topshirildi.