x

Mahalliy yangiliklar

Toshkent viloyati Angren shahridagi 3 ta Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining jami 18 nafar tarbiyalanuvchisi diareya bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Maktabgacha ta'lim agentligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 13-14 sentyabr' kunlari Toshkent viloyati Angren shahridagi 1-sonli DMTTdan 3 nafar, 10-sonli DMTTdan 14 nafar hamda 37-sonli DMTTdan bir nafar tarbiyalanuvchi birlamchi ich buzilishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

“Hozirda barcha tarbyalanuvchilar shifokorlar nazoratida ekanligini ma'lum qilamiz. Ushbu holat O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi hududiy bo`limi tomonidan yakuniy ekspertiza xulosasi chiqmaguniga qadar turli ma'lumotlar berilishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligi ma'lumotlarni faqat faktlar asosida tarqatilishini tavsiya qilmoqda.

Shuningdek, mas'ullar yakuniy ekspertiza xulosasi taqdim etilganidan so`ng, o`rnatilgan tartibda qo`shimcha ma'lumot berilishini ta'kidlagan.

To Top ↑
To Top ↑