Mahalliy yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida bir yigit qizni majburlab qora rangli Lacetti’ga solib, olib ketmoqchi bo`lgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu holat bo`yicha Marg`ilon shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida voqea joriy yilning 11 sentyabr' kuni soat 11:07 lar atrofida shahardagi “Tuyagu” MFY hududida sodir etilgani aniqlangan.
Aniqlik kiritilishicha, videoda tasvirlangan qizni olib qochishga uringan yigit Marg`ilon shahrida 2002 yilda tug`ilgan fuqaro bo`lgan.
“Ko`chada ketayotganini ko`rib, gaplashib olish uchun yoniga borgan edim, urishib ketdi. Keyin uni gaplashib olamiz, deb mashinaga chiqarmoqchi bo`ldim, . Qilgan ishimdan pushaymonman. Masalani to`g`rilikcha hal qilishim kerak edi, qaytib bu xatoni qilmayman”, degan yigit.
Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB tomonidan ma'muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, viloyat IIB nazoratiga olingan.