x

Mahalliy yangiliklar

7 yillik strategiyada, shuningdek, o`rtacha umr ko`rish davomiyligini 78 yoshga etkazish, tug`uruq o`rinlari sonini 35 foizga oshirish, 2026 yilgacha kambag`allikni 2022 yilga nisbatan 2 barobarga qisqartirish kabi maqsadlar ham o`rin olgan.

“O`zbekiston–2030” strategiyasining “Har bir insonga o`z salohiyatini ro`yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” yo`nalishidagi maqsadlari belgilandi.

Aholi salomatligini ta'minlashda:

  • o`rtacha umr ko`rish davomiyligini 78 yoshga etkazish;
  • tibbiyotga yo`naltiriladigan mablag`lar hajmini 2 barobarga oshirish;
  • tug`uruq o`rinlari sonini 35 foizga oshirish;
  • har yili 55 va undan katta yoshdagi aholini 100 foiz tibbiy profilaktik ko`rikdan o`tkazish va sog`lomlashtirish.

Ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish va kambag`allikni qisqartirish:

  • “To`siqsiz turizm” dasturi doirasida har bir viloyatdan yiliga 1000 nafardan nogironligi bo`lgan shaxslarning Samarqand, Buxoro va Hivaga bepul sayohatlarini tashkil qilish;
  • 2026 yilga qadar kambag`allikni 2022 yilga nisbatan 2 barobarga, 2030 yilga qadar esa keskin qisqartirish;
  • kambag`allikka tushish xavfi mavjud 4,5 million aholi daromadini oshirish;
  • mehnatga layoqatli aholini, shu jumladan yoshlar va nogironligi bo`lgan shaxslarni barqaror va samarali bandligini ta'minlash orqali ishsizlik darajasini 7 foizgacha tushirish.

Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo`nalishlaridagi islohotlar

  • har yili 500 nafar iste'dodli yoshlarni xorijning nufuzli oliygohlariga o`qishga yuborish;
  • yoshlarning ishsizlik darajasini 14 foizdan 11 foizga kamaytirish.

To Top ↑
To Top ↑