x

Mahalliy yangiliklar

Namangan viloyatida qidiruvga berilgan bola Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumanidagi dala maydonidan topildi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga ma'lum qildi.

Aytilishicha, fuqarolik ishlari bo`yicha Chust tumanlararo sudining apreldagi ijro varaqasiga asosan, da'vogor H.M. foydasiga javobgar R.M.dan 6 yoshli farzandini olib berish belgilangan.

“Bo`lim ish yurituviga olingan mazkur hujjat ijrosini ta'minlash maqsadida javobgarga ixtiyoriy muddat berilgan. Lekin qarzdor farzandini bergisi kelmay, sud hukmini ixtiyoriy bajarishdan bosh tortgan. Ota bolani onasiga bermaslik maqsadida boshqa viloyatga olib ketib, yashirib yurgan.

Boshqarma xodimlari tomonidan qidiruv e'lon qilinib, kuzatuv ishlari olib borildi. Olib borilgan tadbir davomida bolakay Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumanidagi fermer xo`jaligi maydonida vaqtinchalik ishlash uchun borgan joydan topildi”, — deyiladi MIB axborotida.

Foto: MIB

Ayni vaqtda bola o`z onasiga topshirilgan.

To Top ↑
To Top ↑