Joriy yil 7-9 sentyabr' kunlari Hiva shahridagi "Ichan qal'a" majmuasida ilk marta etnosport xalqaro festivali o`tkazildi.
63 ta mamlakatdan qariyb ikki mingga yaqin sportchi etnosport turlarida kuch bellashdi. Shuningdek, o`zbek jang san'ati, mergan chavandoz va Temuriylar jangi yo`nalishi bo`yicha jahon chempionati ham bo`lib o`tdi.
Unda Buxoro tumanidagi 38-umumta'lim maktabining 4-sinf o`quvchisi Samirbek Sidiqov milliy sportimiz – O`zbek jang san'ati turi bo`yicha faxrli 1-o`rinni qo`lga kiritib, jahon chempioni bo`ldi.