x

Qashqadaryolik inspektor yordamchisi to`rt nafar egizak o`g`il farzandli bo`ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 7 sentyabr' kuni Qarshi shahar Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-sonli IIB JHH HPG “Ravoq” mahallasi profilaktika inspektorining yordamchisi Murod Toshnazarovning ayoli to`rt nafar egizak chaqaloqlarni dunyoga keltirgan. 

Murod Toshnazarov turmush o`rtog`i Maftuna Tosheva bilan 2019 yilning oktyabr oyida oila qurgan, ular bir kunning o`zida 4 nafar o`g`ilning ota-onasiga aylandi. Egizaklar Toshkent shahridagi Respublika perenatal markazida dunyoga kelgan va ularning har to`rtalasi sog`lom ekani aytilmoqda.

Dilmurod TILOVOV tayyorladi

To Top ↑
To Top ↑