O`zbekiston jamoat tashkilotlari va ishbilarmonlar nomidan ukrainalik bolalarga insonparvarlik yordami etkazildi. Bu haqda Ukrainaning Toshkentdagi elchisi Nikolay Doroshenko o`zining Facebook dagi sahifasiga yozib qoldirdi.
Qayd etilishicha, ushbu yordam paketidan erkaklar, ayollar va bolalar uchun futbolkalar, shuningdek, 2000 ta birinchi sinf to`plami o`rin olgan. To`plamdan maktab sumkasi, daftar, rasm daftari, rangli qog`oz, plastilin to`plami, ruchka, elim, qalam, rangli qalam, akvarel va qalam qutisi kiritilgan.
Gumanitar yukni Ukraina—O`zbekiston do`stligi xalqaro jamiyati rahbari Lyubomir Bashinskiy qabul qilib olgan.
Birinchi sinf o`quvchilari uchun to`plamlar Zakarpat viloyati ma'muriyatining ko`chirilganlar markaziga topshirilgan. Ular Har'kov, Herson, Nikolayev va Zaporoj'e viloyatlaridan etimlar va ko`chirilganlarning bolalariga topshiriladi.
Avgust o`rtalarida nodavlat notijorat tashkilotlari va O`zbekiston biznes tuzilmalari Ukrainaga 10,5 tonna gumanitar yordam jo`natgandi. Ukrainaga jami 785 844 grivnaga (taxminan 21 282 dollar) qishki poyabzal , sport, bolalar va ayollar kiyimlari yuborilgan edi. Oxirida bo`lsa Ukrainaning O`zbekistondagi elchixonasi o`zbekistonliklarni urushda jabr ko`rgan ayollar va bolalarga shoshilinch yordam ko`rsatishga chaqirgan.