Talabalar va ularning ota-onalariga engillik yaratish va ularni qo`llab-quvvatlash hamda aholining to`lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, 2023/2024-o`quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to`lov-kontrakt asosida o`qitish qiymati miqdori davlat oliy ta'lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to`lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o`quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.
Shu bilan bir qatorda, 2023/2024-o`quv yili super-kontrkt miqdorlari ham o`tgan o`quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o`zgarishsiz qoladi.
Shuningdek, yana bir engillik — tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to`liq to`lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.