Qariyb bir oy avval Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori viloyat hokimi o`tkazgan majlisda hokimga ochiq gapirgani, shundan so`ng 7 sutka qamoqda saqlangani haqida xabar bergan edik. Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova direktorning ozod etilgani, ishdan olinmasligi va faoliyatini davom ettirishini qayd etgandi.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda aynan Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktorining kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Uning singlisi vaziyat bo`yicha prezidentga murojaat yo`llagan. Holatning hokim bilan yuzaga kelgan kelishmovchilikka aloqasi bor-yo`qligi ma'lum emas.