Kamerunda yashovchi Antoniya Madu Obianuju bir vaqtning o`zida to`qqizta bolani tug`di. 45 yoshli ayol EKO usuli orqali homilador bo`lgan.
Antoniya olti nafar qiz va uch nafar o`g`ilning onasi bo`ldi. Ayol ultratovush tekshiruvidan o`tganidan keyin egizaklarni kutayotgan edi. Shu sababli to`qqiz nafar farzandning tug`ilishi kutilmagan voqea bo`ldi. Obianujo so`zlariga ko`ra, sodir bo`lgan voqea uni «Hudo uchun imkonsiz narsa yo`qligiga» ishontirgan.
Bungacha Antoniya ikki farzandga ega edi: 14 yoshli egizaklar - o`g`il va qiz.
Mimi Mefo Info nashri ma'lumotlariga ko`ra, Antoniya bir vaqtning o`zida to`qqiz nafar chaqaloqni dunyoga keltirgan dunyodagi ikkinchi ayol bo`ldi. Undan oldin Mali fuqarosi Halima Sisse 2021 yilda shuncha bola tug`gan edi. Keyinchalik, u Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.