x

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilarining barchasi OTMlar talabasiga aylanib, maktab bitiruvchilarining oliygohlarga kirish ko`rsatkichida 100 foizlik natijani qayd etdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Javohir Rustamov xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, bunday natija Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida qayd etilgan.

Maktabning birinchi qaldirg`ochlari 100 foizlik natija bilan berilgan bilim-ko`nikmalari asosida yurtimizdagi nufuzli universitetlar hamda Qurolli kuchlar akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo`mondonligi bilim yurti talabalari bo`lish baxtiga erishdi, — deydi boshqarma axborot xizmati rahbari Javohir Rustamov.

Qo`shimcha qilinishicha, ushbu maktab aniq fanga ixtisoslashtirilgan maktab bo`lib, 2022 yil prezident qarori bilan tashkil etilgan. Maktab 400 o`rinli bo`lib, ayni kunda 375 nafar bolaga ta'lim-tarbiya beradi.

Maktabni tamomlaganlar orasida filologiya, jurnalistika va boshqa yo`nalishlarda ham yuqori ball bilan davlat granti asosida o`qishga qabul qilinganlarning borligi maktabda yaxshi bilimga ega bo`lgan ustozlar ko`pligidan dalolat beradi, — deydi mas'ul.

To Top ↑
To Top ↑