x

Navoiy viloyati, Uchquduq tumanida himoyalanmagan transformator sabab ikki qo`lidan ajralgan 7 yoshli Nurislomning kayfiyatini qo`tarish, unga dalda bo`lish maqsadida ko`ngilli yurtdoshlarimiz Uchquduq tumani markazida "O`zbekiston — baxtli insonlar mamlakati" nomli xayriya kontsertini o`tkazish man etilgani haqida xabar bergan edik.

Uchquduq tuman hokimligi holatga munosabat bildirib, quyidagilarni ma'lum qildi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda «Hayriya kontsertini o`tkazish nega man etildi?» sarlavhasida xabar tarqatildi. Fuqaro S. Ergashov o`zining xatida “Mustaqillik” MFYda yashovchi Nurislom bilan yuz bergan ko`ngilsiz hodisa munosabati bilan xayriya kontserti tashkil etilayotganligini tadbirdan tushgan mablag`lar Nurislomni sog`ligini tiklashga sarflanish rejalashtirilganligini ma'lum qilib, ushbu tadbirni ko`tarinki ruhda o`tkazish uchun Uchquduq gazetasi balansida bo`lgan LED monitor o`rnatilishida amaliy yordam so`ragan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyuldagi “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o`tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 205-son qaroriga asosan tadbirni o`tkazish bo`yicha Ommaviy komissiya rahbari tuman ichki ishlar bo`limi bo`lib, ushbu tadbir yuzasidan komissiya rahbariga xat bilan murojaat qilmaganligi, tadbir tashkil etilganda jamoat xavfsizligini ta'minlashga va ommaviy tadbirlar ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlashga ichki ishlar bo`limi mas'ul ekanligi ma'lum qilinadi.

Shuningdek, Ommaviy komissiya rahbarining ushbu tadbirdan xabari yo`qligi sababli, tuman hokimligi tomonidan LED ekran o`rnatilishiga ruxsat berilmaganligi ma'lum qilinadi".

Bolalarolami.uz nashrining rasmiy sahifalarida e'lon qilingan kontsertni o`tkazish man etilgani haqidagi xabarda Uchquduq tuman hokimligidan ushbu xayriya kontsertiga amaliy yordam berilishi so`ralgan edi. Ammo hokimlik munosabatida bu masalaga biror oydinlik kiritilmagan. Matbuot xizmati faqatgina taqiqlangan kontsertning o`tkazilishiga ruxsat berilmaganining sababini ma'lum qilgan. Tahririyat tuman hokimligi o`z hududida yashovchi va ijtimoiy ko`makka muhtoj bolaga dalda berish maqsadida aholi tashabbusi bilan tashkil etilgan kontsertni qo`llab-quvvatlashi va amaliy yordam ko`rsatishi kerak deb hisoblaydi.

To Top ↑
To Top ↑