"Bog`chaga borgan bolaning ko`zlari, madaniyati, bilimi, intilishi va dunyoqarashi boshqacha bo`ladi” — Prezident
Ayni damda Buxoro viloyatida bo`lib turgan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Buxoro shahrida joylashgan 76-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo`ldi.
Vazir mazkur ta'lim muassasasi faoliyati va bu erda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Mashg`ulot jarayonlarida ishtirok etib, bolajonlar bilan suhbatlashdi.
Mazkur bog`chaga belgilanganidan ortiq navbatda turish holati bo`lgani sababli vazir keyingi yillarda mazkur ta'lim tashkiloti uchun qo`shimcha bino qurib berish taklifini investitsiya dasturiga kiritish bo`yicha mas'ullarga ko`rsatma berdi.
Ma'lumot o`rnida, Buxoro shahrida joylashgan 76-sonli davlat MMT 1969-yilda qurilgan bo`lib, unda ayni vaqtda 232 nafar bolajonlar ta'lim-tarbiya olishmoqda.