Hitoy Halq Respublikasining internet axborot boshqarmasi (CAC) mamlakatdagi barcha voyaga etmaganlarning smartfonlardan erkin foydalanishini taqiqlovchi qonun loyihasini tayyorladi.
Cheklovlar yoshga qarab farq qiladi, jumladan, kichik yoshli bolalarga mobil qurilmadan kuniga qirq daqiqadan ko`p vaqt sarflash taqiqlanadi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko`ra, bu tashabbusga Hitoyning yangi avlodga bo`lgan g`amxo`rligi sabab bo`lmoqda.
Rasmiylarning fikricha, mobil qurilmalardan nazoratsiz foydalanish bolalarning aqlan va jismonan rivojlanishiga jiddiy zarar etkazishi mumkin.
Shu sababli Hitoyda voyaga etmaganlar uchun smartfonlardan foydalanish bo`yicha quyidagicha cheklovlar o`rnatish taklif qilindi:
8 yoshgacha – kuniga 40 daqiqa;
8-15 yosh – kuniga bir soat;
16-18 yosh – kuniga ikki soat.
Voyaga etmagan har bir bola esa yoshidan qat'iy nazar, soat 22:00 dan 6:00 ga qadar mobil qurilmalardan foydalanishi mumkin emas.
Shuningdek, bolalarning mobil qurilmalari ota-onalarning masofadan nazorat qilishlari va keraksiz kontentlarni cheklashlari uchun maxsus dasturiy ta'minot bilan jihozlangan bo`lishi kerak.
Ammo uch yoshgacha bo`lgan bolalar yoshga doir musiqalar va boshqa turdagi audio kontentlarni tinglash, 12 yoshdan katta bolalar esa o`quv materiallaridan foydalanish maqsadida yuqoridagi cheklovlarni istisno tariqasida buzishlari mumkin.
Qonun loyihasi hozircha keng muhokama qilinmoqda va uning qanday amalga oshirilishi ham noma'lum.