x

Surxondaryo viloyati hokimiga gap qaytargan direktorni qamalgani haqida video tarqaldi. Ushbu hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda. 

Viloyat hokimi Ulug`bek Qosimov Sariosiyo tumanidagi 28-maktab sobiq direktori Umida Tursunovani hibsga olishga buyruq bergan.

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri e'lon qilgan munosabatda ko`rinadiki haqiqatdan ham ayol ma'lum muddat hibsda ushlab turilgan.

O`z haqini talab qilgan direktorni ma'muriy qamoq jazosidan ozod etilganini ma'lum qilgan vazir Hilola Umarova vaziyatni shaxsan o`z nazoratiga olganini aytib o`tgan.

Shuningdek, u ta'lim sohasi hodimlariga odob ahloq me'yorlarini ham eslatib o`tdi:

«Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28- maktab direktori bilan bog`liq vaziyatni shaxsan o`z nazoratimga oldim. Maktab direktori ayni damda ma'muriy qamoq jazosidan ozod etildi.

«Shu o`rinda ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir shaxs o`z muomala madaniyati bilan barchaga o`rnak bo`lishi lozimligini eslatib o`tmoqchiman», deydi vazir.

Shuningdek, vazir direktor ishdan olinmasligi va faoliyatini davom ettirishini aytdi. 

 

 

To Top ↑
To Top ↑