Prezidentimizning “Otorinolaringologiya xizmatini takomillashtirish va uning ko`lamini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida qayd etilganidek,
2024yildanboshlab:
Audioskrining natijasi bo`yicha aniqlangan zaif eshitadigan bolalarni koxlear implantatsiya amaliyotiga tayyorgarlik davrida Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan qo`shimcha yiliga kamida 2 000 ta raqamli eshitish moslamalari bilan ta'minlash yo`lga qo`yiladi.
Bundantashqari:
Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining vaqtincha qisqartiriladigan o`rin-joylari va shtat birliklari hisobidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallari qabul-diagnostika bo`limida tunu kun xizmat ko`rsatadigan qo`shimcha otorinolaringolog va yuz-jag` jarrohi shtat birliklari kiritiladi.
Shuningdek:
Sog`liqni saqlash vazirligi tegishli vazirliklar bilan birgalikda otorinolaringologiya bo`yicha ambulator va statsionar sharoitda yordam ko`rsatuvchi davlat tibbiyot muassasalari uchun shtat normativlarini qayta ko`rib chiqish hamda kelgusida ehtiyojdan kelib chiqib ularga o`zgartirishlar kiritib borishi belgilangan.