x

2023 yilning dastlabki 6 oyi davomida umumiy o`rta ta'lim maktablarining 6 nafar o`quvchi qizlarida erta homiladorlik holati aniqlangan.

“2023 yilning ilk 6 oyida 6 nafar maktab o`quvchisida erta tug`uruq aniqlandi. Holatlarning 2 tasi Qashqadaryoda kuzatilgan bo`lsa, Qoraqalpog`iston, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryoda 1 tadan qayd etilgan. Umumta'lim maktabi o`quvchilari o`rtasida erta homiladorlik va erta tug`uruq holatlarining oldini olish bo`yicha hamkor tashkilotlar: Oila va xotin-qizlar qo`mitasi, joylardagi mahalla faollari hamda maktab psixologlari, sinf rahbarlari, maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosarlari bilan yaqin hamkorlikda ishlar olib borilmoqda”, dedi Ta'lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boshqarma boshlig`i o`rinbosari Azamat Kamolov.

Uning aytishicha, bunday holatlarning aksariyati yozgi ta'til yoki o`qishdan tashqari paytlarda sodir bo`lgan. Shu sababli ota-onalar nazoratni kuchliroq amalga oshirishi kerak.

“Lekin bu maktab mas'uliyatni zimmasiga olmaydi, degani emas. Hozirgi paytda o`quvchi qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, sog`liqni saqlash xodimlari bilan bu kabi holatlarning oqibatlarini tushuntirish bo`yicha ko`plab tadbirlar o`tkazib kelinmoqda”, dedi Azamat Kamolov.

To Top ↑
To Top ↑