x

Kecha Farg‘ona shahrida Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, huquq-tartibot sohasidagi ishlar ahvolini tahlil qilib, kelgusidagi vazifalarni belgilab berdi. Mazkur yig‘ilishda Prezident yoshlar masalalariga alohida to‘xtaldi.

Jumladan, uyushmagan yoshlar bilan yagona yondashuv asosida ishlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida Idoralararo kengash va hududiy kengashlar tashkil qilinishi belgilandi. Kengash uyushmagan yoshlarning yagona elektron bazasini shakllantiradi hamda ular bilan manzilli ishlash dasturlarini amalga oshiradi.

“Voyaga yetmaganlar bilan ijtimoiy-huquqiy ishlash klasteri”ni joriy etishga topshiriq berildi. Bunda, “oila – mahalla – maktab - mustaqil hayot” tamoyili asosida har bir tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan yakka tartibda ishlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.

Umuman, yoshlar o‘rtasidagi jinoyatlarni keskin kamaytirish bo‘yicha har bir viloyat, tuman va shahar hokimining o‘zi shug‘ullanib, o‘zgarish qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

To Top ↑
To Top ↑