Mamlakat ta'lim vazirligining tushuntirishicha, bu chora bolalarga darsdan boshqa hech narsa haqida o`ylamaslikka yordam beradi. Ta'lim muassasalari hukumat tashabbusini qo`llab-quvvatladi va cheklovga rozi bo`ldi.
«Biz buni qonun bilan taqiqlamaymiz. Keling, ushbu talabning ta'sirini batafsil ko`rib chiqaylik. Albatta, har doim qonuniy cheklovlar qo`yilishi mumkin. Lekin o`ylaymanki, biz o`zaro kelishuvga erisha olamiz», – dedi ta'lim vaziri Robert Deykgraaf.
Biroq, ko`plab o`quvchilar bu fikrdan mamnun emaslar. Ular telefonga ehtiyoj borligini ta'kidladi.
Maktablarda mobil' telefonlar, planshetlar va «aqlli soatlar»dan foydalanishni taqiqlash 1 yanvardan kuchga kiradi. Aniq cheklovlarni o`qituvchilar, bolalar va ularning ota-onalari bilan kelishilgan holda joriy etish rejalashtirilgan.