x

Qozog`istonning Olmaota viloyatida bir bola ilon chaqishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 27 iyun' kuni viloyatning Kegen qishlog`ida soat 13:35 da 9 yoshli bola ilon chaqishi tashxisi bilan og`ir ahvolda tuman shifoxonasining tez tibbiy yordam bo`limiga yotqizilgan.

Bolaga reanimatsiya bo`limida detoksifikatsiya muolajasi va sxema bo`yicha ilon zahariga qarshi qo`sh zardob berilgan.

Kegen viloyati shifoxonasi bosh shifokori o`rinbosari Murat Seriqulining tushuntirishicha, bolada ilon chaqishi oqibatida o`pka shishi, toksik gepatit va toksik nefrit kabi ko`plab asoratlar rivojlangan. Oqibatda organlar etishmovchiligi yuzaga kelgan.

O`z vaqtida intensiv reanimatsiya yordami ko`rsatilganiga qaramay, bola 29 iyun' kuni vafot etgan.

2023 yil boshidan beri Olmaota viloyatida ilon chaqishi bilan bog`liq 11 ta holat qayd etilgan. Biroq bu birinchi o`lim bo`ldi.

To Top ↑
To Top ↑