x

Hukumat qarori (261-son 26.06.2023 y) bilan “Yosh chegarachilar” to`g`risida nizom tasdiqlandi

 Nizomga ko`ra, chegaraoldi shahar va tumanlardagi maktablarda “Yosh chegarachilar” klublari tashkil etiladi.

 Klub maktab direktori tomonidan tasdiqlangan ramziy bayrog`i, vimpeli va shioriga ega bo`ladi.

 Klub a'zoligiga maktablarning 9, 10 va 11-sinf o`quvchilari, o`z xohishiga ko`ra, cheklanmagan miqdorda qabul qilinadi. 

Klubga qabul qilish uchun a'zolik badali yoki boshqa to`lovlar amalga oshirilishiga yo`l qo`yilmaydi.

Qaror bilan shuningdek, “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasini o`tkazish tartibi belgilandi.

 Unga ko`ra, “Yosh chegarachilar” klublarining chaqiriqqacha tayyorgarlik yoshidagi (10–11-sinf) a'zolari o`rtasida quyidagi 3 bosqichli musobaqalar o`tkaziladi:

tuman (shahar) bosqichi – mart-aprel' oylarida;

viloyat (Qoraqalpog`iston Respublikasi) bosqichi – aprel' oyining uchinchi o`n kunligida;

respublika bosqichi – may oyining ikkinchi o`n kunligida.

Musobaqada ishtirok etuvchi jamoa o`quv yilining boshida klubning musobaqa shartlari bo`yicha yuqori natija ko`rsatayotgan 10 nafar a'zosidan (8 nafar o`g`il, 2 nafar qiz) iborat tarkibda tuziladi. 

Musobaqaning har bir bosqichida 1, 2 va 3-o`rinni egallagan jamoalar diplom, kubok va sovg`alar bilan mukofotlanadi.

To Top ↑
To Top ↑