Mahalliy yangiliklar
Yaqinda tahririyatimizga Navoiy viloyati, Karmana tumanida yashovchi 21 yoshli Z. B.dan yozma murojaat kelib tushdi. Unga ko‘ra, Z.B hali 10 oylik emizikli bo‘lgan farzandi o‘z turmush o‘rtog‘i tomonidan oilaviy kelishmovchilik sabab, tortib olingani va unga qizini ko‘rsatishmayotganini ma’lum qilingan. Bolalarolami.uz internet nashri muxbirlari Z. B. Bilan uchrashib, undan vaziyat haqida yaqindan ma’lumot oldi. Ma’lum bo‘lishicha, eri unga tuhmat qilib haydab yuborgani, hech kim unga yordam bermayotgani va sudga murojaat qilishi kerakliligini, ona esa bu davrda farzandining sog‘ligi uchun qayg‘uradigan boshqa odam yo‘qligini ta’kidladi.
Kecha, mazkur holat yuzasidan Bolalar Ombudsmaniga ma’lumot berilgan edi. Shu kunning o‘zida vaziyat nazoratga olingani, tegishli mutasaddilar holat bo‘yicha o‘rganish olib borayotganini bildirgan.
Dilmurod TILOVOV tayyorladi