x

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan shaxslarga qonunchilikka ko`ra, bir qator imtiyozlar berilgan: yashayotgan uyining ijara to`lovini to`lashda va tadbirkorlik bilan shug`ullanayotgan binosining ijara haqini to`lashda. Bu imtiyozlar quyidagi ko`rinishda bo`ladi:

1. "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yosh tadbirkor yoki o`zini o`zi band qilgan yosh fuqaroga biznesini yuritayotgan binosi (noturar joy)ning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, (BHMning 25 baravarigacha bo`lgan qismi) to`lab beriladi.

2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga yashayotgan xonadonining ijara to`lovi uchun subsidiya ajratiladi. Bu kompensatsiya 12 oygacha har oyda BHMning 3 baravaridan (990 000 so`m) oshmagan miqdorda beriladi.

Faqat bunda bir qator talablar bor:

— er-xotinning har ikkisi o`ttiz yoshdan oshmagan (o`ttiz bir yoshga to`lmagan) bo`lishi;

— mulk huquqi asosida turar joyi bo`lmagan, ilgari maqsadli dasturlar doirasida imtiyozli ipoteka kreditlari orqali kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylar olmagan;

— ipoteka kreditlari bo`yicha subsidiyalar yoki uy-joylar ta'minoti bilan bog`liq boshqa imtiyozlardan foydalanmagan;

—har ikkisi yoki biri "Yoshlar daftari"ga kiritilgan bo`lishi kerak.

To Top ↑
To Top ↑