Texas gubernatori Greg Ebbot 18 yoshga to`lmagan bolalarning ota-ona roziligisiz ijtimoiy tarmoqlarda ro`yxatdan o`tishini taqiqlovchi qonunni imzoladi.
Shuningdek, bolalarning zararli kontentlarga kirishining oldi olinadi. Buning uchun kontentni filtrlashning yangi tizimlarini yaratish zarur.
Qonunga ko`ra, elektron pochta manzili kabi shaxsiy ma'lumotlarni to`playdigan deyarli har qanday saytga kirishga urinayotgan bolalar uchun ota-onalarning roziligi talab qilinadi. Texas Bosh prokurori ushbu qonunni buzgan kompaniyalarni sudga berishi mumkin.
Amerikada 18 yoshgacha bo`lganlar uchun internetga kirishni cheklovchi qonunlar qabul qilgan shtatlar ro`yxati ortib bormoqda. O`tgan hafta Luiziana ham xuddi shunday qonunni qabul qildi. Konnektikut, Merilend, Minnesota, N'yu-Jersi va Ogayo shtatlari ham shunga o`xshash qonunlarni ko`rib chiqishgan.