x

Samarqandda 36 yoshli erkak Isroil davlatida ishlab kelayotgan turmush o`rtog`i bilan telefon orqali kelib chiqqan o`zaro kelishmovchiligi natijasida jahl qilib, undan o`ch olish maqsadida 13, 12 va 10 yoshli 3 nafar voyaga etmagan farzandini (2 ta qiz va 1 ta o`g`il) oshxona pichog`i bilan qasddan o`ldirgan. 

Shundan so`ng, u ushbu oshxona pichog`i bilan tanasining chap ko`krak sohasiga bir marotaba urib o`ziga tan jarohati etkazgan (hozirda u shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan).

Bosh prokuraturaning ma'lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

To Top ↑
To Top ↑