x

Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumanida o`quvchi qiz rasmga tushayotganda Ugom daryosiga tushib ketib, halok bo`ldi. Bu haqda «Millar» teledasturida xabar berildi.

Qayd qilinishicha, hodisa 11 iyun kuni yuz bergan. Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi maktabning 9-sinf o`quvchilari o`qituvchisi bilan tog`ga dam olgani chiqqan. O`quvchi qizlardan biri rasmga tushish uchun tosh ustiga chiqqan va ehtiyotsizlik sabab suvga tushib, oqib ketgan. Biroz o`tgach, uning jonsiz tanasi suvdan topilgan.

Maktab direktori so`zlariga ko`ra, tog`ga sayohat o`quvchilarning ota-onalari tashabbusi bilan tashkil qilingan. Sayohatga sinfdan faqat 6 nafar o`quvchi chiqqan. Direktor, shuningdek, o`quvchilar tog`ga yakshanba kuni chiqqanini, maktab imtihonlari bir necha kun oldin tugab, o`qituvchi va o`quvchilarga ta'til berilganini bildirgan.

Holat yuzasidan Bo`stonliq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv ishlari Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

To Top ↑
To Top ↑