x

Joriy yilning 7 iyun' kuni 24 yoshli G`.B. Toshkent tumani IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Uning qayd etishicha, shu kuni soat 01:20 larda «Spark» rusumli avtomashinasida yo`lovchilarni tashish bilan shug`ullanayotgan vaqtida, THAY yo`lining Toshkent shahri Yunusobod tumani I.Karimov mahallasi hududidan o`tgan qismidan yo`lovchi sifatida ikki nafar noma'lum ayol avtomashinasiga o`tiradi. Aytilgan manzilga — Qibray tumani Parvoz mahallasiga olib borilganida mazkur mahalladan ayollarning tanishi bo`lgan yana ikki nafar noma'lum erkak avtomashinaga chiqadi.

Ularni «Uch-Qahramon» blok posti yaqinidagi ichki ko`chaga olib borgan vaqtida, avtomashinada yo`lovchi sifatida ketayotgan ikki nafar erkak unga pichoq o`qtalib, qo`llari bilan urib tan jarohati etkazishib, so`ngra zo`rlik bilan avtomashinaning orqa o`rindig`iga o`tkazishadi. Ulardan biri avtomashina rul' boshqaruviga o`tirib, ikkinchi erkak esa pichoq o`qtalib haydovchidan «Redmi-5» rusumli telefon apparatini va qo`lida bo`lgan soatini tortib oladi. Toshkent shahar Uchtepa tumani hududidagi avtomobillarga yoqilg`i quyish shoxobchasiga kirgan vaqtlarida, kirakash avtomashinadan tushib qochishga ulguradi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan noma'lum shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 2-qismi «b,v» bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda zo`rlik ishlatib transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlar natijasida, mazkur jinoyatni 21 yoshli P.F. (erkak), 18 yoshli S.M.(ayol), 22 yoshli N.B. (erkak) va 18 yoshli A.Yu. (ayol)lar sodir etganliklari hamda jabrlanuvchiga tegishli bo`lgan avtomashinani Zangiota tumani Mustaqillik ko`chasida joylashgan uylarning biri oldida tashlab ketilganligi aniqlangan va avtomashina ko`zdan kechirilib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslar qo`lga olinib, ulardan jabrlanuvchiga tegishli bo`lgan «Redmi-5» rusumli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan, hozirda ularga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda yuqoridagi shaxslar nima sababdan ushbu jinoyatga qo`l urganligi aniqlanmoqda.

Tergov harakatlari davom etmoqda

To Top ↑
To Top ↑